Turizmning maqsadga ko’ra turlari.

   

Turizm o’zi nima?

Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.

Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi

       Turizm shakillari va turlari.

   Turizm shaxsi “sayohat” tushunchasi quyi kategoriyasiga boglik. O'z navbatida sayohat tushunchasi sayohat qiluvchi ishtirokiga bog'liq. Sayohat qiluvchi – turli geografik joylar o'rtasida turli maqsadlarda va turli muddatlarga ko’chib yuruvchi qandaydir bir shaxsdir. Doimiy yashab turgan mamlakat chegerasida sayohat ichki sayohat deyiladi. O’zi yashamagan mamlakatga sayohat qilish  kiruvchi sayohat deb nomlansa, mamlakat tashkari sayohat tashki sayohat deyiladi. Tashrif buyuruvchi - bu sayohat qiluvchidir. Qaysidir asosiy belgilangan joyga sayr qilish, o'zi yashab turgan muhit chegarasidan tashkarida,  turli maqsadlarda (ish bo’yicha sayr,  dam olish yoki boshqa shaxsiy maqsadlar) bir yildan kam bo’lmagan muddatga, sayr qilib kirgan davlatida ro’yhatga olingan korxonalarda ishga joylashish maqsadlaridan tashkari  bo’lgan shaxslardir. Bunday sayohat turistik sayohati sifatida malakalanadi. Turizm tashkiloti sayr qiluvchi faoliyatiga bog’liq. Ichki, kiruvchi va tashqi sayohatlarni amalga oshiruvchi turistik sayohat, ichki, kiruvchi va tashki sayohatchilar deb nomlansa, bu o’z navbatida  ichki, kiruvchi va tashqi turizm deganidir. Shu manoda, turizm tushunchasi o’zida sayohat tushunchasi  kategoriyasini ifodalaydi.  Tashrif buyuruvchilar esa –sayohat qiluvchilar kategoriyasini anglatadi. Bunday farqlar turizm statistikasi ishonchliligi va sayohat qiluvchilar va tashrif buyuruvchilar oqimlari buyicha ko’rsatkichlarni yig'ishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Turistlar turizm turlariga ko'ra ikki turga bo'linadi: xalqaro va ichki.

     Xalqaro sayyoh - odatdagi yashash joyidan boshqa mamlakatga sayohat qilgan va ushbu shaxsning asosiy muhitidan tashqarida bo'lgan,

12 oydan oshmagan muddatga tashrifbuyuradigan, asosiy maqsadi manbalaridan to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanish emas. tashrif buyurgan joy va tashrif buyurgan mamlakatda kollektiv yoki xususiy turar-joy binolarida kamida bitta kecha bo'lish.

Ichki sayyoh. Uning ta'rifi bilan bog'liq vaziyat ancha murakkab. Bugungi kunga qadar UNWTO mutaxassislari ushbu masala bo'yicha yagona nuqtai nazarga ega emaslar. Ba'zi mamlakatlar ichki sayyohga o'zlarining ta'riflarini berishga harakat qilmoqdalar. Shunday qilib, YuNVTOning Milliy sayyohlik resurslari bo'yicha komissiyasi mahalliy sayyohni yashash joyidan kamida 50 milya (80,5 km) masofada joylashgan joyga tashrif buyurish uchun doimiy yashash joyidan chiqib ketadigan shaxs sifatida belgilaydi. Ushbu sayohat professional, ko'ngilochar, shaxsiy va boshqa maqsadlarga ega bo'lishi mumkin, bunda ish joyiga har kungi individual sayohatlar bundan mustasno. Mahalliy sayyohning boradigan joyida 24 soatdan ko'proq turishiga hojat yo'q, demak, ular belgilangan joyda tunab qolishlari yoki o'sha kuni uylariga qaytishlari mumkin.

Jahon xalqlari, ayniqsa, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi respublikalarida turizm turlari keng ommalashgan.O‘z yo‘nalishi, xarakteri va faoliyat xususiyatlariga ko‘ra turizm sayr qilish (ekskursiya, sayohat qilish) va piyoda yurish (poxod) shakllariga ajratiladi. Sayr qilish – keng, ommaga qulay bo‘lgan piyoda, chang‘ida, velosiрed, qayiq va boshqa vositalar yordamida yurib sog‘liqni yaxshilash, organizmni chiniqtirish maqsadida uyushtiriladigan qisqa muddatli ommabop turizm shaklidir.

Turizmning bu shaklida keksa-yu yosh ishtirok etishi mumkin.

Ekskursiya – jamoa bo‘lib biron obyektga (muzey,

stadion, qurilishi, o‘rmon va hokazo) ilmiy qidiruv yoki o‘quv maqsadida, umumiy madaniy dam olish uchun o‘tkaziladigan tadbirlar hisoblanadi. Bunday tadbir aholi yashab, o‘qib turgan joylarga yoki boshqa shaharlarga ham borganda uyushtirilishi

mumkin. Turizmning bu shakli asosan katta yoshdagi bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasida keng tarqalgan madaniy, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirdir

Ekspeditsiya – turistik sayohat bo‘lib, u biron obyektni (geografik, geologik, o‘lkashunoslik, tarixiy va boshqalar) o‘rganish maqsadida uyushtiriladi. Bunday sayohat jarayonlarida aktiv harakat, ya’ni piyoda yurish, chang‘ida va boshqalarda yurish, shuningdek, passiv harakat yo‘li bilan (transportda) masofani o‘tish mumkin.

Territorial belgi jihatdan turistik sayohatlar, poxodlar mahalliy va uzoq, xarakterli jihatidan esa rejali va havaskorlik turlariga egadir. Rejali poxodlar avvaldan belgilangan va faqat maxsus ishlangan marshrutlar orqaligina uyushtiriladi. Bunday hollarda turistlar maxsus jihozlar, oziq-ovqat va instruktorlar bilan ta’minlanadi.

O’zbekistonda turizm turlari.

O‘zbekistonda turizmning uchta asosiy turi mavjud: kirish, chiqish va ichki turizm. Kirish va ichki turizmga asosiy va maxsus turistik mahsulotlar kiradi: turistik diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar; mehmonxonalar, dam olish maskanlari, kurortlar, sanatoriylar, sayyohlik qishloqlari, uy-lagerlar, lagerlarda joylashtirish; milliy taomlar va vinolarni tatib ko'rish; festivallar va bayram tadbirlarida ishtirok etish; mamlakat bo'ylab qulay harakat. O‘zbekistonda sayohat va dam olishning barcha turlarini sport, etnik, yoshlar, ekologik, gastronomik, tibbiy, madaniy, tadbir, ziyorat, adabiy, qishki, velosport va boshqa turizm turlariga bo‘lish mumkin, ularning ayrimlari uchun mavsumiylik, bu yo'nalishni tanlashda e'tiborga olish kerak. O‘zbekistonga kelgan sayyohlar o‘z maqsadlari va yil uchun rejalashtirilgan byudjetga muvofiq, yolg‘iz, do‘stlari yoki oilasi bilan yoki sayohatchilarni oldindan rejalashtirilgan marshrut bo‘ylab qiziqarli va hayajonli joylarga olib boradigan gid bilan sayohat qiladilar. sayohat.xususiyatlari.

Reja: