Annotatsiya: Yangi O'zbekistonning kelajak istiqboli hamda zamonaviy texnologik ishlar yordamida tizimli dasturlarni amalga oshirilishi. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot bosqichidagi amalga oshirilyotgan islohotlar hamda bunga nisbatan yoshlar nigohi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, texnologiya, taraqqiyot, tizimli dasturlar, islohotlar, imkoniyatlar.

Biz yashayotgan rivojlanishlar va zamonaviy texnologik taraqqiyotlar dunyosida O'zbekiston o'zining o'sish pillapoyalaridan ko'tarilib bormoqda. Bu esa Yangi O'zbekiston sarhadlari tomon tashlanadigan qadamlardan dalolat bermoqda. Avvalo, shuni takidlab o'tish joizki, davlatimiz rahbari tomonidan bajarilyotgan islohotlar hamda yurtimizning kelajagi hamda ravnaqi uchun qilinyotgan barcha imkoniyatlar, O'zbekistonning jahon hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lishi hamda yuksalishlar sari qadam tashlashi uchun poydevor desam mubolag'a bo'lmaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, oʻz yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga qoʻygan har qanday xalq, har qanday millat ogʻir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtadi. Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan oʻzbek xalqi ham 1991-yil 31-avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi. Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlugʻ sananing 33 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uygʻonish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʻzlari hayotimizda oʻzaro uygʻun va hamohang boʻlib yangramoqda, xalqimizni ulugʻ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Yangi O'zbekiston kelajagini yaratish hamda "Uchinchi renessans" davrini keng ommaga, ayniqsa yoshlar o'rtasida keng joriy etish boyicha ko'plab sharoitlar yaratilmoqda. Darvoqe, “yangi” degan soʻzning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng koʻhna bayramlarimizdan biri Navroʻz – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bogʻliq qadriyat va anʼanalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr oʻlubon, har kuning boʻlsin Navroʻz!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi. Yoki oʻtgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, yaʼni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-maʼrifat va milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulugʻ zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilgʻor kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yoʻliga olib chiqishdan iborat edi. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʻonish jarayonlari milliy oʻzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uygʻonish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. Kitobxonlik targ'ibotlari, Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, bularning barchasi O'zbekiston yoshlarini yetuklik sari yetaklash hamda davlatimizni rivojlanish sari yetoklovchi unsurlardir.".Biz uz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Rеnеssans poydеvorini barpo etishdеk ulug' maksadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Bеruniylar, Ibn Sinolar, Ulugbеklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab bеradigan, muhit va sharoitlarni yaratishimiz kеrak. Ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim. "Yangi Uzbеkistan - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi" dеgan goya asosida kеng kulamli islohotlarni amalga oshiramiz" deydi davlatimiz rahbari o'zining "Yangi O'zbekiston" kitobida. Bu qonunlar hamda o'zgarishlar orqali ham anglashimiz mumkin ta'lim sohasiga hozirda bir qancha imkoniyatlar yaratilyotganini. Yangi Oʻzbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. Yangi O'zbekiston kelajagini yoshlarning yangicha yutuqlari bilan davom ettirishni istayotgan yurtimiz kelajak yoshlari uchun har bir yoshning bilim olishiga diqqat qaratib investitsiya kiritish ishlarini allaqachon boshlab yuborgan. Yoshlarni keng fikrli va salohiyatli qilib o'stirish uchun chet elga ta'lim olish hamda ta'lim sifatini oshiruvchi metodlarni o'rganish uchun xorijiy mamlakatlarbilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qoyib, "Exchanging" dasturlar talabalar o'rtasida amalga oshirilmoqda.  Bunday bildirilgan ishonchni oqlash uchun yosh magistrlar, bakalavrlar hamda o'quvchilar chet el strategiyasi bo'yicha o'qitilmoqda. Bundan tashqari sportchilarimiz ham O'zbekistonning butun dunyoga yuz tutishi uchun bor kuch va g'ayrat bilan harakat qilib davlatimiz rahbari hamda xalqimiz bildirgan ishonchni oqlab o'z yurtlari ko'plar oltin hamda kumush, bronza medallar bn yelkalarida O'zbekiston bayrog'ini faxr bilan ko'tarib qaytishdi. Bu esa bizning yana bir faxrlanadigan yutug'imizdir.

Davlatimiz rahbari takidlaganidek, "Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzaytirish, ko'ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g'ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, kuzlagan marralarga albatta yetamiz". Yoshlarning bandligini ta'minlash hamda ishsiz yoshlarga ko'mak berish uchun "Yoshlar daftari" , "Ayollar daftari" hamda "Temir daftar" lar tashkil etilishi ham xalqimizning ba'zi qiyin holatdagi ishsiz yoshlar uchun keng imkon yaratdi va bundan foydalanishmoqda. Biz ishonchbilan shuni takidlashimiz va ishonishimiz zarurki, "Yangi Uzbеkistonda erkin va farovon yashaylik!" dеgan yagona maqsad atrofida birlashib, mas'uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mеxnat qilib, o'z orzu-maqsadlarimizga  erishamiz. Chunki biz  Yangi O'zbekistonni o'z qo'llarimiz bilan barpo etamiz !!!