Media iqtisodiyoti.Ommaviy axborot vositalarida media sanoat.

Media sanoatning iqtisodiy asoslarini va ommaviy axborot vositalarining davlat, jamiyat va biznes bilan munosabatlarining iqtisodiy jihatlarini o'rganadi va shu bilan iqtisodiy nazariya va ommaviy axborot vositalari nazariyasini bog'laydi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida media-iqtisod O'zbekistonda media bozori va, xususan, televideniyening nazariy va amaliy tadqiqotlarining istiqbolli yo'nalishiga aylanmoqda.Bugungi kunda media-iqtisod, jahon iqtisodiy va texnologik tendensiyalari sharoitida zamonaviy televideniye rivojlanishining asosiy qonuniyatlari,televidenie qamrovining qisqarishi, raqamlashtirish va yangi video formatlarning paydo bo'lishi kabi tendensiyalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.Ushbu tendensiyalar televizion reklama bozoriga  bevosita ta'sir etadi

Ommaviy axborot vositalari bir qator sabablarga ko'ra iqtisodiy tahlil obyektiga aylanadi. Bir tomondan, media-industriyaning o‘zi iqtisodiyotning rivojlangan va yuqori rentabelli tarmog‘i bo‘lib, faoliyat yuritishning iqtisodiy qonuniyatlarini – ommaviy axborot vositalarining ham alohida tizim sifatida, ham ularning jamiyat va uning ko‘plab institutlari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdan nihoyatda manfaatdor. Boshqa tomondan, ommaviy axborot vositalari nafaqat foyda olish, balki alohida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun ham faoliyat yuritadigan maxsus tarmoq bo'lganligi sababli jamiyatdagi ko'plab kuchlarning qiziqishini uyg'otadi.

Yangi axborot texnologiyalari davrida media-industriya jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biriga va ma’lum darajada “Taraqqiyot dvigateli”ga aylanib bormoqda. Media sanoatda raqobatlashish ancha murakkablashdi va an'anaviy biznes modellari yangi, integratsiyalashgan modellar bilan almashtirildi. Integratsiyalashgan biznes-jarayonlarni o‘rganish va tushunish nafaqat ushbu sohani boshqarish-telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, madaniyat va ko‘ngilochar industriya uchun, shuningdek, eng muhim muammolarni hal qilish kontekstida ham muhimdir.

Media muhitidagi konsolidatsiya va diversifikatsiya jarayonlari turli strategik qarorlarning moliyaviy oqibatlarini prognoz qilishni talab qiladi.Zamonaviy media industriyasini boshqarish sohasidagi bilimlarga biznes talabining tez o'sishi boshlandi.Ushbu bilimlarning sifati mediakompaniyalar muvaffaqiyati va milliy media iqtisodiyotning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylanib bormoqda.Shuni alohida ta'kidlashim mumkinki,bugungi kunda O'zbekistondagi telekanallar o'rtasida o'zaro raqobat maydoni shakllangan va bu davlat va nodavlat telekanallarining samarali ish faoliyatiga erishishni talab qilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish istiqbollari media-kontentni ishlab chiqarish va tarqatish, shuningdek, reklama resurslarini sotish, ommaviy axborot vositalari tizimini kengaytirish imkonini beruvchi hayotiy va iqtisodiy rivojlangan media infratuzilmasini shakllantirishdan iborat.Iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lib, bir vaqtning o'zida ham media industriyasi doirasida, ham biznes va iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan bir-biri bilan juda yaqin aloqada bo'ladi.