Draft:Buxoro shahar kasb-hunar maktabi-O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar Vazirligiga qarashli ta’lim muassasasi

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi-O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar Vazirligiga qarashli ta’lim muassasasi

Tarixi Buxoro shahar kasb-hunar maktabi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentyabrda Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PF-5812-son Farmoni bilan Buxoro Shahar kasb-hunar maktabiga aylantirildi.

Ta’lim yo’nalishi Buxoro shahar kasb-hunar maktabida Tikuvchilik, Kompyuter grafikasi va dizayn operatori, Sartarosh (modelyer), Bank nazoratchisi, Oshpaz, Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash, Avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat ko'rsatish, Elektromontajchi-sozlovchi, Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi, Yong‘in o‘chiruvchi-qutqaruvchi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida UNESCO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagich (MSKO)ning 3-darajasiga mos boshlang’ich professional kadrlar tayyorlanadi.

Faoliyat Ta’lim muassasasida bugunki kunda 32 nafar malakali pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda va o’quvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida bilim berib kelmoqda. Kasb-hunar maktabida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida fan va sport hamda kasbiy to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, tasdiqlangan jadval asosida to’garak rahbarlari tomonidan to’garak mashg’ulotlari muntazam o’tkazib kelinmoqda. O’quvchi yoshlarimiz tanlagan kasblari bo’yicha hududda mavjud klasster korxona va ishlab chiqarish tashkilotlarda o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tab kelmoqda. Korxona va tashkilotlarning ish jarayonida ishtirok etib faoliyat yuritish bilan birga kasbiy ko’nikma va malakaga ega bo’lishmoqda.

References edit